Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokio birjasida 32 million dollarlik kriptovalyutalar yo‘qoldi

Tokio birjasida 32 million dollarlik kriptovalyutalar yo‘qoldi

Foto: «Cointelegraph»

Yaponiyaning kriptovalyutalar operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi «BITPoint» kompaniyasi juda ko‘p miqdordagi mablag‘lar yo‘qolganini ma’lum qildi. Kompaniya 12 iyul kuni xakerlar hujumidan talafot ko‘rganini e’lon qilganidan so‘ng birja ishi to‘tatilgan. Bu haqda «CTV News» xabar berdi.

Kompaniya turli raqamli valyutalardan iborat 3,5 mlrd. iyena ($32,3 mln.) mablag‘ yo‘qolganini ma’lum qildi. Kecha, 11-iyul kechki payt birjaning chiquvchi pul o‘tkazmalari tizimida xatolik yuzaga chiqqanidan so‘ng jinoyat alomatlari aniqlandi.

Aniqlik kiritilishicha, kriptovalyutalar internetga ulangan «qaynoq hamyon»dan yo‘qolgan, muqobil rejimdagi «sovuq hamyon»lardagi mablag‘lar joyida turibdi. Xakerlar o‘zlashtirib ketgan 32 million dollarlik kriptovalyutaning 24 millioni mijozlarniki, qolganlari kompaniyaga qarashli bo‘lgan.

Vaziyat yuzasidan surishtiruvni boshlagan kompaniya butun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va xakerlardan jabrlangan mijozlarga mablag‘larini to‘lab berishga tayyor ekanini bildirgan.

2018-yilning sentyabr oyida Yaponiyaning «Tech Bureau Corp» kriptovalyutalar birjasi operatori xakerlardan 6,7 mlrd. iyena ($60 mln.) miqdorida zarar ko‘rgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring