To‘liq sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan ilk gazeta chop etildi

Italiyaning Il Foglio gazetasi to‘liq sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan ilk sonini chop etdi, deb xabar berdi The Guardian. Gazeta — to‘rt sahifali.
Gazeta muharriri Klaudio Cherazaning aytishicha, bunday gazetani chiqarishdan maqsad — «ish tarzimiz va hayotimizga» sun’iy intellekt qay darajada ta’sir ko‘rsatayotganini namoyish etishdir. Gazetani tayyorlash jarayonida jurnalistlar sun’iy intellektga faqat savollar berishdi va uning javoblarini ko‘chirib olishdi.
Matnlar, sarlavhalar, iqtiboslar, hatto kinoyalar — neyrotarmoqning ijod mahsulidir.
Gazetada «italiyalik trampchilar paradoksi», Italiya iqtisodiyoti, daromad solig‘i islohotlariga bag‘ishlangan maqolalar bor. Undagi bir maqola Vladimir Putinga bag‘ishlangan.
Sun’iy intellektli gazeta 18-martdan gazeta do‘konlariga tarqatildi. Ta’kidlanishicha, gazetadagi barcha maqolalar tartib bilan joylangan, tushunarli tilda yozilgan, grammatik xatolardan xoli. Il Foglio sun’iy intellekt bilan tajribada davom etishini hamda odatiy gazetani ham chiqarishni to‘xtatmasligini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter