Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi Inha universitetida yangi yo‘nalishlar ochiladi

Toshkent shahridagi Inha universitetida yangi yo‘nalishlar ochiladi

Inha universiteti vitse-prezidenti Inkyo Chong boshchiligidagi delegatsiya.

Foto: «Mitc.uz»

27 dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining Inha universiteti vitse-prezidenti Inkyo Chong bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar Toshkent shahridagi Inha universiteti 4-bosqich talabalarining “3+1” dasturi doirasida Koreya Respublikasida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlab qaytishganini qoniqish bilan e’tirof etishdi.

Muloqot chog‘ida Toshkent shahridagi Inha universitetini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, jumladan, bakalavriat ta’limida yangi yo‘nalishlar ochish, shuningdek, mavjud va yangi yo‘nalishlarda magistratura ta’limini tashkil etish rejalari kelishib olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring