Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida Mobiuzning zamonaviy Xizmat ko‘rsatish markazi ochildi

Toshkent viloyatida Mobiuzning zamonaviy Xizmat ko‘rsatish markazi ochildi

Mobiuz butun respublika bo‘yicha savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari tarmog‘ini to‘liq yangilashda davom etmoqda. Ularning navbatdagisi Chirchiq shahrida ochildi.

Mobil aloqa operatorlari faoliyatida mijozlarga xizmat ko‘rsatish muhim o‘rin tutadi. Bu yo‘nalish nafaqat masofaviy xizmatlar, maslahat va yordam ko‘rsatish uchun aloqa markazi (call-markaz)ni, balki abonentlarga yaqin joylashgan ofislar va savdo nuqtalarini o‘z ichiga oladi.

Mobiuzning Chirchiq shahridagi Xizmat ko‘rsatish markazi (XKM) operatorning 15 ta yirik hududiy bo‘linmalaridan biridir. U kompaniyani butun Toshkent viloyatidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

O‘tgan bir yil davomida Chirchiq shahridagi Xizmat ko‘rsatish markazi butunlay o‘zgardi. Binoning tashqi va ichki qismlari kompaniya korporativ uslubidan foydalangan holda to‘liq rekonstruksiya qilindi va ta’mirlandi. Xodimlar va tashrif buyuruvchilar, jumladan, alohida ehtiyojga ega shaxslar uchun barcha zarur qulayliklar yaratildi. Uyali aloqa operatorining eng zamonaviy mahsulot va xizmatlariga oid videoroliklarini namoyish qilish qilish uchun binoning old qismiga ilk marta katta ekran o‘rnatildi.

XKM shahar markazida, gavjum avtomagistral yonida joylashganini inobatga olib, landshaft dizayniga katta e’tibor qaratildi. Mobiuz ofisining atrofi daraxtlar va butalar, yashil maysazorlar va gulzorlar bilan o‘raldi. Bu yerda inson o‘zini tinch-osoyishta va himoyalangan xis qiladi. Shu bilan birga, hududning arxitektura va landshaft kompozitsiyasi shahar muhiti bilan uyg‘un bog‘landi.

Ofisning o‘zida abonentlar, korporativ mijozlar va tijorat hamkorlari uchun alohida xizmat ko‘rsatish zonalari mavjud. Asosiy e’tibor maksimal qulaylik yaratish, ma’lumot berish va xizmat ko‘rsatishning takomillashtirilgan standartlariga qaratilgan. Yuqori malakali xodimlar uyali aloqa bilan bog‘liq barcha masalalarda har doim yordam berishga tayyor.

Yangilangan xizmat ko‘rsatish markazining ochilish marosimi bayramona ruhda o‘tdi. Tadbirda Mobiuz Bosh direktorining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Yoqubjon Saydaliyev so‘zga chiqdi. Aloqa va internet sifatini yanada oshirish, yangi xizmatlarni joriy etish, qulay xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaratish borasida kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ta’kidlandi.

Qizil tasmani kesish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘ngilochar dastur doirasida kompaniyaning turli sovrinlari o‘ynaldi. Tadbir ishtirokchilari va mehmonlarga bayram palovi ham tarqatildi.

Mobiuzning Chirchiq shahridagi Xizmat ko‘rsatish markazi manzili: Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, 13-uy. Ish vaqti: har kuni dam olishlarsiz soat 9:00 dan 18:00 gacha.

Ochilish marosimidan ko‘proq suratlar bilan pr.mobi.uz da tanishishingiz mumkin.

Avvalroq Mobiuz Toshkent viloyatida erishilgan natijalar haqida xabar bergan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring