Toshkentda Yevroosiyo «Data Center & Cloud Forum» bo‘lib o‘tmoqda
Toshkentda ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazlari (DPC) va bulutli hisoblash uchun texnologik yechimlarga bag‘ishlangan «Data Center & Cloud Forum» Yevroosiyo forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forum doirasida 3 oktyabr kuni Huawei kompaniyasi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida asosiy mavzusi «Yevrosiyo mintaqasida raqamli transformatsiyani tezlashtirish uchun to‘liq ma’lumotlar markazi ekotizimini birgalikda qurish» bo‘lgan HUAWEI Day0 nomli strategik sessiyasini o‘tkazdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov tabrik so‘zi bilan ochib, «Raqamli O‘zbekiston»ni rivojlantirish bo‘yicha erishilgan asosiy yutuqlar va davlat tomonidan mamlakatning IT imkoniyatlarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qayd etdi.
Huawei Yevroosiyo mintaqasi prezidenti Daniyel Chjou ham tabrik nutqi bilan chiqdi va O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasida sezilarli yutuqlaridan BMT yaqinda e’lon qilgan «Elektron hukumat»ni rivojlantirish global reytingi bo‘yicha O‘zbekiston 18 pog‘onaga ko‘tarilgani, shuningdek, va 2022 yilgi Global innovatsiyalar indeksida mamlakat o‘rnini 4 pog‘onaga yaxshilangani dalolat berishini qayd etib o‘tdi.
«O‘zbekiston global raqamli tendensiya doirasida muvaffaqiyatli rivojlanib, davlat xizmatlarining raqamli transformatsiyasini jadallashtirishga faol sarmoya kiritmoqda. Ko‘pgina davlatlar bu tendensiyaga amal qiladi, biroq bulutli texnologiyalar O‘zbekistonni yetakchi qiladigan yagona narsa emas. Yagona ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazining yaratilishi bilan O‘zbekistonda mutlaq imkoniyatlarga ega ma’lumotlar markazlarining yangi davriga eshik ochdi. Milliy ma’lumotlar markazini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan loyiha boshqa davlatlar uchun namuna bo‘ldi va biz uni birgalikda va o‘zaro manfaatli Evrosiyo ekotizimini qurish uchun baham ko‘rmoqchimiz», — dedi Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasi prezidenti Deniyel Chjou o‘zining tabrik nutqida.
Strategik sessiya ma’lumotlar markazlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, bulutli xizmatlarni taqdim etish va rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish uchun professional platformaga aylandi. Muhim yo‘nalishlar qatorida raqamlashtirishni rivojlantirishning hozirgi ehtiyojlari va yangi imkoniyatlari, ma’lumotlar markazlarini, bulutlarni qurishning amaliy jihatlari, mintaqada raqamli transformatsiyani jadallashtirish uchun sun’iy intellektdan foydalanishning turli soha senariylari muhokama qilindi. Asosiy ma’ruzachi sifatida «Elektron hukumat» loyihalarini boshqarish markazi direktori Aziz Muxitdinov, shuningdek, iKS-Consulting, ICS-Media, Uptime Institute, ZBS kabi yirik tashkilot va kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Toshkentda bulutli texnologiyalar va ma’lumotlar markazlari mavzusidagi strategik sessiyaning o‘tkazilishiga O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi so‘nggi muvaffaqiyatli tajribasi sabab bo‘ldi. 2022 yil 27 avgust kuni Respublikada Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda joriy etilgan «Elektron hukumat» tizimini saqlash va qayta ishlash bo‘yicha yagona ma’lumotlar markazi ishga tushirildi. Data-markaz xalqaro standartlarga muvofiq yaratilgan va Uptime xalqaro instituti tomonidan berilgan TIER III sertifikatiga ega. Loyiha O‘zbekiston Prezidentiga taqdim etildi va davlat xizmatlari, sanoat tarmoqlari va iqtisodiyotning turli tarmoqlarini yanada raqamli rivojlantirishga asos soldi.
Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 23 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib, mamlakatning AKT infratuzilmasini mustahkamlash bo‘yicha davlat muhim loyihalarida, jumladan, beshinchi avlod tarmoqlarini joriy etish va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish loyihalarida ishtirok etib kelmoqda. Respublikaning bulutli texnologiyalarni joriy etish va raqamli salohiyatini rivojlantirishga keyingi texnologik hissa qo‘shish maqsadida 2022 yil 23 may kuni Huawei kompaniyasi «Elektron hukumat» loyihalarini boshqarish markazi bilan o‘zaro anglashuv memorandumini tuzdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter