Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ShHTning muhim yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda ShHTning muhim yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

8 aprel kuni O‘zbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) a’zo-davlatlarining Ilm-fan va texnika sohalarining rivojlanishiga mas’ul vazirliklari va tashkilotlari rahbarlarining oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda ShHT a’zo-davlatlarining ilm-texnika sohasidagi 2022-2025 yillardagi hamkorlik rejasi muhokama qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston tashabbusi bilan kun tartibiga kiritilgan ShHT a’zo-davlatlari hamkorligida sun’iy intellektni rivojlantirish dasturi va boshqa masalalar ko‘plab ko‘rib chiqiladi.

ShHT a’zo-davlatlari Ilm-fan va texnika sohalarining rivojlanishiga mas’ul vazirliklari va tashkilotlari rahbarlarining yig‘ilishi 2010-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur tadbir ilmiy-texnik va innovatsion hamkorlikni o‘rnatish va takomillashtirish uchun samarali maydon bo‘lib, ShHT a’zo-davlatlari o‘rtasida ilm-fan va texnika sohalari o‘zaro manfaatli rishtalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring