Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tutun bilan ovora bo‘lib, asosiy Olov xabarlar chetda qolmasin» — AKT vaziri

«Tutun bilan ovora bo‘lib, asosiy Olov xabarlar chetda qolmasin» — AKT vaziri

Bugun IT Park kompleksida quruvchilarimiz oxiriga yetkazayotgan binoning tepasida ozgina penopleks tutatib yuborishgan ekan, juda ko‘p odamlar va OAVlar shuni muhokama qilishdi. Lekin asosiy Olov xabarlarimiz haqida hali ko‘pchilikka yetkazib berishga qiynalyapmiz, deb yozadi AKT vaziri Sherzod Shermatov.

Vazirning qayd etishicha, bu yil jahonda iqtisodiy o‘sishdagi qiyinchiliklar kuzatilayotgan vaqtda, aynan bizning IT Park rezidentlari yil boshidan shu kungacha deyarli 2 barobarga ortdi. Eng asosiysi, eksporter korxonalar soni deyarli 3 barobar, xorijiy korxonalar ishtirokidagi rezidentlar soni esa 6 barobarga oshgan.

«Ya’ni yil boshida davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonni IT xabga aylantirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarining amaliy natijalarini bu yil yakunlanmasdanoq ko‘rishga imkon bo‘layapti va kelgusi yillar uchun yaxshi poydevor yaratilmoqda.

Bu degani, yoshlarimiz, internetdagi vaqtlarini ko‘proq chet tili va axborot texnologiyalarini o‘rganishga sarflaganlari ma’qulroq, bekorga birovni g‘iybat qilgandan ko‘ra. Shunda ular ushbu eksportyor korxonalarda yuqori maoshli ishlarga qabul qilinishlari mumkin bo‘ladi», deydi Shermatov.

Soha rahbari chet elliklar avvalgi «Tashkent — gorod xlebniy» degan gapni, «Tashkent — gorod aytishniy» degan maqolalar yozib O‘zbekistonni AyTi xabga aylanayotganini muhokama qilishayotganini eslatashi: https://bit.ly/3Xt51Tx

Post yakunida vazir shunday umid bildiradi: Zora, shu bugungi tutun haqidagi xabarlar orqali yoshlarimiz o‘zi nima ekan bu IT Park, qanday qilsam men ham yuqori daromadli ish topar ekanman deb o‘zlariga savol berib, sohamizga qiziqsalar va o‘z ustilarida ishlashni boshlasalar hamda ko‘proq xalqaro tan olinadigan IT sertifikatlarni olsalar: https://it-istedod.uz/uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring