Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Twitter tezligi oshdi — Ilon Mask

Twitter tezligi oshdi — Ilon Mask

Foto: EPA

Twitter kompaniyasining yangi xo‘jayini Ilon Mask ijtimoiy tarmoq tezligi oshganini e’lon qildi. Buni AQShdan olisda yashovchilar, ayniqsa, yaxshi his etishadi, dedi u.

27-oktyabr kuni Mask Twitter kompaniyasini 44 mlrd dollarga sotib olgandi. Uning birinchi qilgan ishi qisqartirish bo‘ldi: 7 500 nafar xodimdan 2 750 nafarini olib qoldi, masofadan ishlashni va turli imtiyozlarni bekor qildi.

Shu haftada OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Mask Twitter serverlarini ham qisqartirmoqchi. The New York Times yozishicha, AQShdagi uch asosiy data-markazlardan biri yopiladi. Bu Sakramento (Kaliforniya shtati)dagi SMF1 ma’lumotlarni ishlash markazi bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring