«Uber» ilk bor o‘zining uchar taksisini namoyish etdi (video)
«CBS News» jurnalistlari «Uber» kompaniyasining 2020-yilga borib yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan uchar taksisi prototipini tomosha qilishdi. Shuningdek, kompaniya ushbu prototipni joriy hafta Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan «Uber Elevate Summit» tadbirida ham namoyish etadi, deb xabar beradi «Hi-News».
Apprat o‘z dizayni bilan uchar avtomobildan ko‘ra ko‘proq kvadrokopterni eslatadi. Uchar taksining bir necha parraklari unga vertikal holda ko‘tarilish va qo‘nish imkoniyatini taqdim etadi. Apparat korpusi — vertolyotnikidan ko‘ra, samolyotnikiga yaqin qilib ishlangan. «Uber»ning uchar taksisi elektr tokida harakatlanadi.
«Uber» kompaniyasi ijrochi direktori Dara Xosrovshahining so‘zlariga qaraganda, odamlar mazkur uchar taksilarni mobil dasturlar orqali buyurtma qilishlari mumkin bo‘ladi. U eng yaqin mazildagi bino tomiga qo‘nishni amalga oshiradi. Shuningdek, kompaniya to‘rttaga yo‘lovchilarni tashish orqali parvoz uchun to‘lanadigan mablag‘ qiymatini pasaytirish niyatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter