Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell kompaniyasi EMBRAS 2020 ish beruvchilar brendi sohasida yetakchi bo‘ldi (video)

Ucell kompaniyasi EMBRAS 2020 ish beruvchilar brendi sohasida yetakchi bo‘ldi (video)

Foto: «Xabar.uz»

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida «Central Asia Employer Brand Award» — EMBRAS 2020 mukofotining yillik eng yaxshi loyihalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) «Biznes natija» va «Ish beruvchining imiji» nominatsiyalarida yetakchi o‘rinlarni egalladi.

Employer Brand Award — bu MDH, Evropa va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi ish beruvchilarning ob’yektiv reytingidir. Sammit samarali fikr almashish uchun platforma bo‘lib, Yevropa va Osiyodan kelgan jahon miqyosidagi mutaxassislari o‘zlarining tajribalari va bilimlarini kadrlar menejmenti va rivojlanishidagi ilg‘or tajribalar va holatlar haqida o‘rtoqlashadilar.

Ucell «Biznes natija» nominatsiyasida birinchi o‘rinni va «Ish beruvchining imiji» nominatsiyasida uchinchi o‘rinni egalladi.

«Biznes natija» nominatsiyasida «Ucell-Upgrade» loyihasi — Call-markazning ish faoliyatini yaxshilash uchun motivatsion dastur uchun mukofot taqdim etildi. «Ucell-Upgrade» ulkan maqsadlarga erishishga va abonentlar uchun axborot-ma’lumot xizmatlarining sifatini oshirishga imkon berdi. Loyiha xalqaro HR mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi va birinchi o‘rinni egalladi.

«Ish beruvchining imiji» nominatsiyasidagi mukofotni «Ucell — Transformatsiya» loyihasi oldi, uning vazifasi ish beruvchi — davlat kompaniyasining ijobiy imijini saqlash edi. Raqobatbardosh ish haqi, korporativ madaniyat, xodimlarning malakasini oshirish va ularga g‘amxo‘rlik qilish Kompaniyaning muhim tamoyillari hisoblanadi.

Maksim Domaxin, «COSCOM» MChJ xodimlarni boshqarish departamentining direktori v.b.:

– «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) abonentlar soni bo‘yicha O‘zbekistonning uyali aloqa bozorida yetakchi, telekommunikatsiya sohasidagi yirik ish beruvchi va mamlakatdagi eng yirik soliq to‘lovchilaridan biri hisoblanadi. Biz g‘alaba qozonishga umid qilgandik, lekin birdaniga ikkita nominatsiya bo‘yicha g‘alaba biz uchun yoqimli syurpriz bo‘ldi. Butun infratuzilmaning ishi, avvalambor, xodimlarga bog‘liq. Bugun bizning loyihalarimiz mukofotning xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi. Ucell bu bilan to‘xtab qolmaydi. Kompaniya o‘z xodimlarining mehnat sharoitlarini yaxshilashni davom ettiradi va Kompaniyaning har bir mutaxassisining kasbiy yuksalishini ta’minlaydi.

Ucell har doim ichki korporativ madaniyat haqida qayg‘uradi, rivojlanish va o‘qitish, lavozim yuksalishlar, xodimlarning ijtimoiy himoyasi, ishchilarni rag‘batlantirish va jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi. 2020 yilda xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, xodimlarning qoniqish darajasining umumiy foizi 94 foizni tashkil etdi. Kompaniya uchun mukofotni qo‘lga kiritish birlashgan jamoa sifatida oldinga siljish uchun qo‘shimcha rag‘batdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring