Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell O‘zbekistondagi birinchi mobil raqamli turoperatorni ishga tushirdi

Ucell O‘zbekistondagi birinchi mobil raqamli turoperatorni ishga tushirdi

Ucell «Horizon Travel Union» bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining barcha aholisi foydalanishi mumkin bo‘lgan O‘zbekistondagi birinchi mobil raqamli turoperatorni ishga tushirmoqda.

Ucell brendi ostida xizmatlar taqdim etuvchi O‘zbekiston Respublikasining mobil aloqa operatori – «COSCOM» MChJ turizm sohasida texnologik loyihalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan va uning bir qismi bo‘lgan «Horizon Travel Union» MChJ bilan hamkorlikda «IT Monsters» xoldingi xizmatlaridan O‘zbekiston Respublikasining barcha rezidentlari foydalanishi mumkin bo‘lgan O‘zbekistondagi birinchi mobil raqamli turoperator – Ucell Travel xizmatini tijoriy ishga tushirdi.

  • Ucell Travel eng mashhur yo‘nalishlarga manfaatli sayohat takliflarini bir joyda to‘playdi. https://travel.ucell.uz veb-saytida siz uyingizdan chiqmasdan turib, sizni qiziqtirgan mamlakatga mos turni, qulay reysni tanlashingiz va xarid qilishingiz yoki o‘zingiz qiziqqan mehmonxonani bron qilishingiz mumkin.

Ucell Travel loyihasi turizm va kommunikatsiya sohasidagi eng yaxshi texnologik yechimlar va ilg‘or tajribalarni o‘zida mujassam etgan raqamli sayohat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha birinchi hamkorlikdir.

Foydalanuvchilar uchun turli toifalardagi bir yarim milliondan ortiq mehmonxonalarning katta tanlovi, moslashuvchan va qulay yo‘nalishlarga ega aviachiptalar, shuningdek, eng mashhur yo‘nalishlarga, jumladan Turkiya, BAA, Misr, Maldiv orollari, Rossiya, Yevropa mamlakatlari va boshqalarga turpaketlar taklif etiladi.

Saytga kirib, foydalanuvchi bir necha daqiqada mos turpaket, mehmonxona yoki aviachiptani tanlashi, bron qilishi va haqini to‘lashi, so‘ngra saytdagi shaxsiy kabinetiga hujjatlarning to‘liq paketini olishi mumkin.

Sayohat mahsulotlarini bron qilish va sotib olishdan tashqari, mijozlar doimiy ravishda yangilanib turadigan qo‘shimcha xizmatlar ro‘yxatidan ham foydalanishlari mumkin: turli sug‘urta opsiyalaridan tortib qulay va tashvishsiz sayohat qilish uchun boshqa maxsus xizmatlar.

Loyihaning asosiy ustuvor yo‘nalishi Ucell Travel mijozlari uchun qulay va xavfsiz sayohatni ta’minlashdan iborat. Ushbu maqsad yo‘lida «Horizon Travel Union» loyihasi jamoasi faqat sinovdan o‘tgan va ishonchli xalqaro yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik qiladi, bu esa Ucell Travel mijozlariga har bir bosqichda sayohat xavfsizligini kafolatlash imkonini beradi.

Ucell Travel loyihasining texnologik asosi «Horizon Travel Union» tomonidan Digital Travel Solutions OÜ bilan strategik hamkorlikda, chuqur sanoat tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va zamonaviy turoperatorlar, mezbon kompaniyalar, aviakompaniyalar, bed-banklar va turizm industriyasining boshqa ishtirokchilari faoliyatining butun operatsion siklini qamrab olgan kompleks dasturiy yechimdir. Bu ko‘p tarmoqli turizm bozorining barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda foydali turistik mahsulotni dinamik ravishda shakllantirish imkonini beradi. O‘z navbatida, bunday texnologik asos ham mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish hamda eng sodiq narx takliflari va joylashtirish shartlarini taqdim etishga imkoni beradi.

Yaqin kelajakda doimiy mijozlar uchun foydali va saxovatli sodiqlik dasturini yo‘lga qo‘yish bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasida ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan boy taklif va turistik dasturlarni ishga tushirish, chet ellik sayyohlarni jalb etish va ularni mamlakatning barcha go‘zalliklari bilan yaqindan tanishtirish rejalashtirilgan.

Ucell Travel – turizm sanoati rivojlanishidagi yangi innovatsion bosqichdir.

Ucell Travel – mijozlarga tez, ishonchli, foydali va xotirjam sayohat qilish imkonini beradi!

«COSCOM» MChJ kompaniyasi haqida

Ucell kompaniyasi - MChJ QK «Digital Holding»ga tegishli bo‘lgan, O‘zbekistondagi yirik uyali aloqa operatoridir. Ucell tarmog‘i GSM, UMTS, HSPA, LTE va 5G texnologiyalaridan foydalangan holda O‘zbekistonda mobil telefoniya va mobil Internet xizmatlarini taklif etadi. Ucell kompaniyasi 1996 yilda «COSCOM» brendi ostida tashkil etilgan. 2021 yilda USM Telecom va  PJSC «MegaFon» Markaziy Osiyodagi eng yirik telekommunikatsiya bozorining texnologik yetakchisiga aylanadigan «Digital Holding» qo‘shma korxonasini yaratishdi.

Operator haqida batafsil ma’lumot: www.ucell.uz

«Horizon Travel Union» MChJ haqida

«Horizon Travel Union» O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi raqamli turoperator bo‘lib, DIT Systems tomonidan hamkorlar bilan asos solingan IT Monsters o‘zbek texnologik xoldingiga tegishli. Sayyohlik sanoatida zamonaviy yechimlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan Digital Travel Solutions OÜ bilan strategik hamkorlik doirasida «Horizon Travel Union» kompaniyaga yetakchi xalqaro yetkazib beruvchilar va distribyutorlar bilan samarali va bevosita o‘zaro aloqada bo‘lish imkonini beruvchi texnologik ishlanmalar majmuasidan foydalanadi.

Kompaniya haqida batafsil ma’lumot: www.travelunion.uz

Reklama

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring