Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umrimizning 9 yilini «o‘g‘irlaydigan» qurilma aniqlandi

Umrimizning 9 yilini «o‘g‘irlaydigan» qurilma aniqlandi

Foto: «Yandex Dzen»

«Whistle Out» tadqiqotlar kompaniyasi smartfondan foydalanuvchi minglab insonlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Tadqiqot inson o‘z umrining (o‘rtacha) 9 yilini smartfonga sarflashini ko‘rsatdi.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, o‘rtacha hisoblaganda, bir odam umrining taxminan 76 500 soatini smartfonga tikilib o‘tkazadi. Bu ko‘rsatkichni chiqarish uchun mutaxassislar insonning o‘rtacha umr ko‘rish yoshi, necha yoshdan smartfondan foydalana boshlashi, telefonni kun davomida qancha vaqt ishlatishi kabi ma’lumotlarni hisobga olishdi. Masalan, millineallar bir sutkada 3,7 soatni smartfonga ajratishadi.

Aynan millineallar — 1981—1996-yillar oralig‘ida tug‘ilgan insonlar smartfonga eng ko‘p vaqtini sarflovchilar. Keyingi o‘rinda X avlod (1965—1980-yillar) vakillari — bir sutkada 3 soat. Eng past ko‘rsatkich, albatta, bumerlarda (1946—1964-yillar) — 2,5 soat.

Mutaxassislarga ko‘ra, uyquni hisobga olmaganda, milleniallar umrlarining 23,1 foizini, X avlod 16,5 foizini, bumerlar esa 9,9 foizini smartfonga baxshida etishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring