Uxlayotgan odam «AirPods»ni yutib yubordi — naushnik butun...
![Uxlayotgan odam «AirPods»ni yutib yubordi — naushnik butun...](http://static.xabar.uz/crop/2/7/720_460_95_2770250242.jpg)
AQShning Massachusets shtatida yashovchi Bredford Gote uxlayotgan chog‘i «AirPods» simsiz naushniklaridan birini yutib yubordi, yozmoqda «Daily Mail».
38 yoshli bu erkak suv ichayotganida ko‘ngli aynigan, nafasi ham siqishni boshlagan — u avvaliga buni qor kuraganidan keyingi charchoqqa yo‘ygandi.
Gote keyinroq simsiz naushniklaridan birini qidirib topolmadi. Nafas olishi og‘irlashavergach, shifokor huzuriga borgan.
Shifokorlar dastavval uni zaharlangan deb o‘ylashdi, rentgen esa naushnikni topdi — oshqozonda.
Qurilmani bemorga beziyon chiqarib olishdi. Naushnik ham butun, mikrofonini hisobga olmaganda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter