Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uy bekalarining orzusi. «Tetra» — ham internetga ulana oladigan, ham o‘zi suv isitib idish yuvadigan mashina

Uy bekalarining orzusi. «Tetra» — ham internetga ulana oladigan, ham o‘zi suv isitib idish yuvadigan mashina

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

«Heatworks» kompaniyasi idish-tovoq yuvishga mo‘ljallangan ixcham «Tetra» mashinasini taqdim etdi. U suvni isitish va internetga ulanish kabi o‘ziga xos xususiyatga ega, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

«Tetra» idish yuvgichi tashqi ko‘rinishidan bug‘ pechiga o‘xshaydi. Uni uydagi suv quvurlariga ulash ham shart emas, suv har safar idishni yuvishdan oldin uning maxsus rezervuariga quyiladi. Ushbu idish yuvgichga bir vaqtning o‘zida ikki kishiga mo‘ljallangan idish-tovoqlarning to‘liq komplekti joylashadi. Idishlarni yuvishning bitta sikli 10 daqiqani tashkil etadi.

Kompaniyaning qayd etishicha, «Tetra» idish yuvgishi boshqa har qanday mashinadan ko‘ra yaxshiroq ishlaydi. Bundan tashqari undan bug‘ pechi sifatida ham foydalanish hamda unda biror-bir yegulik pishirish mumkin, masalan, dengiz mahsulotlarini yoki meva va bolalar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni dezinfeksiya qilish imkoniyati ham mavjud.

«Tetra» internetga ulanishi mumkinligi haqida aytildi, biroq bu nega kerakligi hozircha noma’lum. Taxminlarga ko‘ra, smartfon dasturi orqali undagi jarayonni kuzatishning imkoni bo‘ladi.

2018-yilning oxirida sotuvga chiqadigan «Tetra»ning narxi 300 dollarni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring