Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyingizni ortiqcha ovoragarchiliksiz ijaraga bering (video)

Uyingizni ortiqcha ovoragarchiliksiz ijaraga bering (video)

Agar mulkingizni qonuniy tarzda ijaraga bermoqchi bo‘lsangiz, biz taklif etayotgan xizmat aynan siz uchun!

Undan o‘rinli foydalanganlar oyoqlariga tinim berib, asablarini asrashga muvaffaq bo‘ladi.

Yo‘qsa, soliq qo‘mitasiga yugurish, bir talay hujjatlar to‘plash kerak. Mabodo ish bitmasa, ertasiga ham shu muammo davom etadi...

My.gov.uz portali taqdim etgan imkoniyatdan foydalanganlar esa bunday ovoragarchiliklardan qutuladi.

Buning uchun foydalanuvchi Yagona portaldan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim.

Unutmang, jarayonda har ikki tomon, ya’ni IJARAGA BERUVChI va IJARAGA TURUVChI shaxslar qatnashadi.

E’tiborlisi, xizmatdan foydalanishni boshlashingiz bilan ekranga siz haqingizdagi ma’lumotlar avtomat tarzda chiqib keladi.

My.gov.uz bilan hayotingizni rejalashtirish ancha qulay. Shunday ekan, bizning xizmatlardan foydalaning.

Mazkur xizmatga mas’ul davlat tashkiloti – Davlat coliq qo‘mitasi.

Ushbu videoqo‘llanma yordamida bosqichlardan o‘tish yanada osonlashadi:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring