UZMOBILE davlat subdomenidagi resurslarga kirishni bepul qildi
UZMOBILE bundan buyon davlat subdomenida (gov.uz) joylashgan axborot resurslariga kirish uchun ishlatiladigan trafikni narxlamaydigan bo‘ldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu imtiyoz Prezidentning 2019-yil 22-maydagi «O‘zbekiston Respublikasining aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 4329-son qarorida ko‘zda tutilgan.
Endi UZMOBILE abonentlari interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishlari, davlat organlarining rasmiy yangiliklari va mamlakat hayotidagi so‘nggi yangiliklardan bepul xabardor bo‘lishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter