Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzmobile» Navoiyda yangi ofisga ko‘chib o‘tdi

«Uzmobile» Navoiyda yangi ofisga ko‘chib o‘tdi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbektelekom» AKning «O‘zMobayl» filiali Navoiy hududiy bog‘lamasi yangi zamonaviy ofisga ko‘chib o‘tdi.

«O‘zMobayl» filiali Navoiy hududiy bog‘lamasining boshlig‘i Sherzod Ibragimovning ta’kidlashicha, GSM standartlaridagi baza stansiyalarini o‘rnatish uchun loyihalar ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mazkur stansiyalar soni 2016-yilda 3 dona, ya’ni faqat viloyat markazida bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilning o‘zida 75ta baza stansiyasi o‘rnatildi. Endi mobil  aloqa maydoni va qamrovi kengligi bilan haqli ravishda maqtansa arziydi.

O‘tgan yillarda hududiy bog‘lama chinakam yuksalish yo‘llarini bosib o‘tganligini ko‘rish mumkin. Masalan, faoliyatining dastlabki yillarida xodimlar soni 4 nafar edi, bugungi kunda esa ular soni 36 nafarga yetdi. 2004-yilda faqat tuman va shahar markazlari qamrab olingan bo‘lsa, 2013 yilda olis cho‘l va tog‘li hududlarda, qishloqlarda 26ta yangi baza stansiyasi o‘rnatildi. Nafaqat aloqa xizmatlari, balki internet xizmatlarining ham tezkorligi va sifatiga kafolat beradigan operator sifatida «O‘zMobayl» filialining nufuzi kundan-kunga oshmoqda.

Foto: «Xabar.uz»

2004-yilda filialning Navoiydagi abonentlari atigi 400 nafar edi, hozirgi kunga kelib, ularning soni 63 mingdan oshib ketdi. Baza stansiyalari soni 2004-yilda 12tani tashkil etgan bo‘lsa, ayni paytda 96ta tayanch stansiyasi va 133ta baza stansiyasi faoliyat ko‘rsatayotir.

Viloyat hududi kattaligi jihatidan mamlakatimizda Qoraqalpog‘istondan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, aholi maskanlari tarqoq. Qizilqum kengliklarida joylashgan Uchquduq tumanida 13ta, Tomdi tumanida 9ta, Konimex tumanida 12ta, Nurota tumanida 18ta baza stansiyasi o‘rnatilib, markazlardan ancha olisda yashab, mehnat qilayotgan aholining sifatli aloqa xizmatlariga bo‘lgan talabi qondirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring