Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UZTELECOMdan Yangi yil GIGABAYTlari – 5 GB mobil Internet-trafikning bayramona to‘plami

UZTELECOMdan Yangi yil GIGABAYTlari – 5 GB mobil Internet-trafikning bayramona to‘plami

UZTELECOM barchani yaqinlashib kelayotgan bayramlar bilan tabriklaydi va 7 kun muddatga 15 ming so‘mlik 5 GB maxsus internet-to‘plamni taqdim etadi.

Bayramlar ruhi allaqachon havoga kirib, bizga yangi yil kayfiyatini baxsh etmoqda. UZTELECOM esa o‘z abonentlari uchun yoqimli sovg‘alar mavsumini ochdi!

Yangi yil arafasida biz yorqin voqealar va ular uyg‘otadigan his-tuyg‘ularni baham ko‘rishga intilamiz. Bunda bizga mobil internet albatta yordam beradi. Shu bois UZTELECOM o‘z abonentlariga 15 ming so‘m evaziga 5 GB bayramona internet-to‘plamni taqdim etadi.

Bayram paketlari jismoniy va yuridik shaxslarning GSM mobil abonentlari uchun amal qiladi.

Bayram paketini 2022 yil 7 dekabrdan 22 dekabrgacha *500# maxsus USSD-kodidan foydalanib, MyUZTELECOM mobil ilovasi va Kompaniyaning Telegram-boti orqali faollashtirishingiz mumkin. «Mobil byudjet» xizmati faollashtirilmagan yuridik shaxslar xizmatga UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida buyurtma berishlari mumkin.

Internet-to‘plam 7 kun davomida amal qiladi.

To‘plamni yangilash bir xil turdagi navbatdagi bayram Internet-to‘plamini sotib olish orqali amalga oshiriladi. Xuddi shu turdagi keyingi Internet-paketni faollashtirishda trafik yig‘iladi. Yig‘ilgan trafikning amal qilish muddati oxirgi paket sotib olingan kundan boshlab 7 kunni tashkil qiladi.

UZTELECOM bilan bayramona kayfiyatingizni faollashtiring!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring