Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vazir granti» hikoyalar tanlovining g‘oliblari aniqlandi

«Vazir granti» hikoyalar tanlovining g‘oliblari aniqlandi

Foto: «Mitc.uz»

2021 yilning 20 dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov «Yoshlar forumi-2021»da ishtirok etib, hikoyalar tanlovini e’lon qilgan edi.

Tanlovda qatnashganlardan 10 nafar eng yaxshi hikoya muallifi IT-markazlarida o‘qish uchun grant yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lishi ma’lum qilingandi.

Ishtirokchilar o‘z hayotlari haqida hikoya yozib, aynan nima uchun IT-mutaxassis bo‘lishni xohlashlari va bu ularning hayotlarini qanday yaxshilashini aytib berishlari kerak edi.

Vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ushbu tanlov g‘oliblari aniqlandi. Ularga mamlakatimizdagi istalgan IT-markazda axborot texnologiyalari yo‘nalishida bepul o‘qish uchun sertifikatlar topshirildi. Bu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilar noutbuk yutib olishlari va IT-kompaniyalarga ishga joylashishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring