Vazirlik, qo‘mita va hudud rahbarlari ogohlantirildi
Prezident yig‘ilishida umuman, budjetdan katta mablag‘ oluvchi vazirliklarda raqamlashtirish hayot-mamot masalasi bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
Lekin, Sog‘liqni saqlash, Qishloq xo‘jaligi, Ekologiya, Bandlik vazirliklari, karantin va veterinariya idoralarida raqamlashtirish ishlari sust ketayotgani tanqid qilindi.
«Raqamli sog‘liqni saqlash» loyihasini amalga oshirish, Onkologik bemorlarning elektron reyestrini tuzish, dala va bog‘larda pestitsidlar cavdosi va qo‘llanilishi bo‘yicha raqamli nazorat tizimini joriy qilish, gaz va benzin quyish shoxobchalarida, Jamoat ishlari va Bandlik jamg‘armalari xarajatlari bo‘yicha onlayn nazoratni yo‘lga qo‘yishdagi oqsoqliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Adliya va Tashqi ishlar vazirliklarida hujjatlarga apostil qo‘yish jarayonini raqamlashtirish zarurligi qayd etildi.
Geologiya, Ichki ishlar vazirliklari, Bojxona qo‘mitasi hamda Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklarida yagona elektron hujjat aylanish tizimi ishga tushmagan. Toshkent shahrida aholi tomonidan ijobiy qabul qilingan «Xalq nazorati» tizimini yanada takomillashtirish kerakligi ta’kidlandi.
Barcha vazirlik, qo‘mita va hudud rahbarlari jiddiy xulosa qilib, oqsayotgan loyihalarni yakunlashi shartligi haqida ogohlantirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter