Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xarajatning 50 foizi qoplab beriladi!

Xarajatning 50 foizi qoplab beriladi!

My.gov.uz orqali xalqaro IT-sertifikat yoki o‘qish uchun sarflangan xarajatning 50 foizi qoplab beriladi.

Endilikda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarimiz qo‘lga kiritgan xalqaro sertifikati yoki o‘qishga sarflagan xarajatlari uchun 50 foizgacha kompensatsiya olishlari mumkin.

Agar talabgor 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, arizani to‘ldirishda ota-onasi/vasiylar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishi lozim.

Arizani ko‘rib chiqish va sertifikatni tekshirish, shuningdek, plastik kartaga pul mablag‘ini tushirib berish muddati 17 ish kunida amalga oshiriladi.

Eslatma!

Imtihon xarajati maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun o‘tmasidan murojaat etilganida kompensatsiya qilinadi.

Sertifikat yo‘nalishlariga:

Xabaringiz bor, hozirgi kunda IT eng daromadli sohalardan biri hisoblanadi. Demak, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Onlayn ariza yuborish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/622

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring