Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xiaomi kompaniyasining 2022-yildagi eng yaxshi smartfonlari aniqlandi

Xiaomi kompaniyasining 2022-yildagi eng yaxshi smartfonlari aniqlandi

Gizchina portali Xiaomi kompaniyasining uch toifa bo‘yicha 2022-yildagi eng yaxshi smartfonlarini aniqladi.

Eng yaxshi flagman

Ushbu nomga Xiaomi 12 Pro loyiq topildi.

  • Ekran: 6,73 dyuym, AMOLED (Quad HD+), 120 Gs yangilanish sur’ati.
  • Protsessor: Snapdragon 8 Gen1.
  • Kamera: asosiy — 50 Mp, 50 Mp ultrakengburchakli teleobyektiv bilan kuchaytirilgan; selfi — 32 Mp.
  • Akkumulyator: 4500 mAs.

Eng yaxshi o‘rta narxli smartfon

Xiaomi 12 Lite — uncha qimmat bo‘lmagan, 6,55 dyuymli AMOLED-ekran (Full HD+, 120 Gs yangilanish sur’ati)ga ega smartfon.

  • Protsessori — Snapdragon 778G.
  • Kamera: asosiy — 108 Mp, ultrakengburchakli 8 Mp teleobyektiv va 2 Mp makromodul; selfi — 32 Mp.
  • Akkumulyator: 4300 mAs.

Eng yaxshi arzon smartfon

2022-yilda bu nom Redmi Note 11 Pro+ 5Gga berildi.

  • Protsessor: Mediatek Dimensity 920.
  • Ekran: 6,67 dyuym, AMOLED (120 Gs yangilanish sur’ati).
  • Kamera: asosiy — 108 Mp, ultrakengburchakli 8 Mp teleob’ektiv va 2 Mp makromodul.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring