Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy aeroportida qalbaki hujjatni bir soniyada aniqlovchi tizim o‘rnatiladi

Xitoy aeroportida qalbaki hujjatni bir soniyada aniqlovchi tizim o‘rnatiladi

Foto: «EKD»

Xitoylik muhandislar aeroportda avtomatik ro‘yxatdan o‘tishda yuzni tanishga qodir yangi tizimdan foydalanish niyatida. Tizim butun mamlakat bo‘ylab qo‘llanilishidan oldin, dastlab Chansha shahridagi aeroportda (joriy yilning may oyida), keyin esa Shensi provinsiyasidagi Yuylin aeroportida qo‘llaniladi, deb xabar berdi «NV.ua».

Hozirgi kunda yuzni tanishga qodir qo‘shimcha tizim Xitoyda joylashgan 62 ta aeroportning 557 koridorida mavjud, jumladan, Shanxay xalqaro aeroportida ham.

Mazkur tizimi yiliga 30 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga qodir aeroportda sinab ko‘rilganida, u taxminan 80 foiz aniqlikda ishlagan va juda samarali bo‘lgan.

«Hujjatning haqiqiyligini tekshirish, yo‘lovchining yuzi bilan shaxsni tasdiqlovchi guvohnomadagi suratni solishtirish uchun bir soniyadan kamroq vaqt ketadi», — deydi Chunsin instituti intellektual xavfsizlik markazi Shi Yuy.

Olimning aytishicha, agarda tizim o‘rnatilgudek bo‘lsa, yo‘lovchilar ro‘yxatga olish jarayonida qiynalib navbat kutib o‘tirmasdan, shunday o‘tib ketaverishadi, hamma ishni tizimning o‘zi bajaradi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring