Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda dunyodagi eng tez internet paydo bo‘ldi

Xitoyda dunyodagi eng tez internet paydo bo‘ldi

Xitoy dunyodagi birinchi ultra yuqori tezlikdagi Internet magistralini ishga tushirdi. Uning o‘tkazish qobiliyati 1200 Gbit/s yoki 1,2 Tbit/s ni tashkil qiladi.

South China Morning Post nashrining yozishicha, Pekin, Uxan va Guanchjou o‘rtasida optik tolali kabel yotqizilgan. Uning uzunligi 3 ming km.dan ortiq. Ma’lum qilinishicha, kabel tarmoqqa joriy yilning iyul oyida ulangan, biroq u endigina (barcha zaruriy sinovlar o‘tkazilgandan keyin) to‘liq ishga tushdi.

Avvalroq mutaxassislar xuddi shunday ma’lumotlarni uzatish tezligiga ega tarmoqni ishga tushirish faqat 2025 yildan keyin imkoni bo‘lishiga ishonch bildirishgan edi.

Huawei Technologies vitse-prezidenti Van Leyning so‘zlariga ko‘ra, 1,2 TB rekord tezlik bilan foydalanuvchi bir soniyada HD-formatdagi 150 ta filmni yuklab olishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring