Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmdan yana Xorazmiylar chiqishi kerak (video)

Xorazmdan yana Xorazmiylar chiqishi kerak (video)

Foto: Xabar.uz

Ta’lim tizimidagi bugungi o‘zgarishlarni e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. Xalq ta’lim vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan murakkab dasturlash tillaridan bo‘lgan «C++» o‘quv seminarlari ham shular jumlasidandir. «Xabar.uz» Xorazmda bo‘ldi va vaziyatni yaqindan o‘rgandi.

Xorazm viloyatining barcha tumanlarida jami 195 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarini «C++» dasturlash tili bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida 144 soatlik o‘quv kurslari tashkil qilingan. «SmartGov» semenarlarning tashkil etilishida o‘z ko‘magini ayamayapti.

Urganch shahrida 15 nafar fan o‘qituvchisiga dars berayotgan Farog‘at Yusupova TATU Urganch filiali o‘qituvchisi. U Xalq ta’lim vazirligi va «SmartGov» loyihasida ishtirok etayotganidan xursandligini bildirar ekan, o‘z navbatida bugun sohada talab oshayotganini e’tirof etdi.

«Men 20 yildan beri shu sohada dars berib kelaman. 20 yil avvalgi informatikaga talab bilan, bugungi talab o‘rtasida farq ancha katta. Biz dasturlash tillarini yaxshi o‘rganib, yosh avlodni ham shu sohada o‘z o‘rnini topishiga yordam bermoqchimiz», – deydi Xonqa tumani o‘qituvchisi Dilbar Yusupova.

Xorazm viloyati xalq ta’limi bo‘limi AKT bo‘lim boshlig‘i Odamboy Masharipov ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «Viloyatimizda 549 ta maktab bo‘lib, barchasi optik tolali internet bilan ta’minlangan. Bu seminar kurslarimiz o‘z samarasini berib, jahon bozoriga «ayti» mutaxassislari chiqaramiz, deb o‘ylayman. Xorazmda azaldan aniq fanlar rivojlanib kelgan. Xorazmdan yana Xorazmiylar chiqishi kerak».

Eslatib o‘tamiz, «Xabar.uz» Qoraqalpog‘istonda «C++» o‘quv kurslaridagi ishlarni ham kuzatgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, «C++» yuqori darajadagi dasturlash tili bo‘lib, Byorn Straustrup tomonidan «C» tilining kengaytirilgan varianti sifatida yaratilgan. «C++» tili turli yo‘nalishdagi mahsulotlar yaralishida ahamiyatli va mashhur bo‘lgan, jumladan video o‘yinlar, desktop dasturlari, serverlar, turli aloqa vositalarini misol sifatida ko‘rish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring