Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XXI asrning eng yaxshi videoo‘yinlari aniqlandi

XXI asrning eng yaxshi videoo‘yinlari aniqlandi

Foto: MSN

Britaniyaning «The Guardian» nashri XXI asrning eng yaxshi videoo‘yinlari ro‘yxatini tuzdi. «REGNUM» yozishicha, ro‘yxatga 2000-yildan beri chiqqan o‘yinlar saralab olingan.

«Qumsoat» janridagi «Minecraft» XXI asrning eng yaxshi kompyuter o‘yini deb topildi. Uning birinchi versiyasi 2009 yili chiqqandi, 2019-yilga kelib 175 million nusxada sotildi. Hozir smartfonlardan tortib virtual reallik qurilmalarigacha — bu o‘yinni o‘ynash mumkin.

Ikkinchi o‘rinda — «Nintendo Switch» plastformasi uchun ishlab chiqarilgan «The Legend of Zelda» turkumiga kiruvchi o‘yin — «Breath of the Wild» (2017 y.).

Uchinchi o‘rinni 2011-yilda «PlayStation 3» hamda «Xbox 360» platformalari uchun chiqarilgan «Dark Souls»ning birinchi seriyasi  egalladi.

Shuningdek, «Half-Life 2», «Vedmak 3», «GTA V», «Halo», «Portal 2», «BioShock» hamda «Bloodborne» asrimizning eng yaxshi o‘yinlari qatoridan joy oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring