Yagona portal ogohlantirish e’lon qildi
Telegram tarmog‘i orqali tanishlaringizdan yoki begonalardan yuqoridagi kabi «dasturni o‘rnatsangiz 2 mln so‘m pul olasiz» mazmunidagi xabarlar kelsa, aslo ishonmang, deyiladi ogohlantirishda.
Qayd etilishicha, mazkur xabarlar mutlaqo asossiz bo‘lib, firibgarlar bu usuldan g‘arazli maqsadlarda foydalanishlari mumkin.
Bunday ilovalarni hech qachon ochib ko‘rmaslik tavsiya etiladi.
My.gov.uz ilovasini faqat rasmiy marketpleyslardan (Google Play Store va Apple App Store) yuklab olish mumkinligini, ilova boshqa yo‘llar orqali tarqatilmasligi aytiladi.
Shuningdek, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) haqidagi ishonchli ma’lumotlarni faqat uning rasmiy sahifalaridan olish mumkinligi eslatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter