Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Irrigatsiya institutida onlayn va videodarslar tashkil qilindi

Irrigatsiya institutida onlayn va videodarslar tashkil qilindi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida UZREPORT TV telekanali orqali onlayn va YouTube kanal orqali videodarslar tashkil qilindi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida o‘quv jarayonini uzluksizligini ta’minlash hamda talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida YouTube kanali orqali fanlarga oid institut professor-o‘qituvchilarining video ma’ruzalari joylashtirib borilmoqda.

Videoma’ruzalar institut ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga o‘tiladigan fanlar bo‘yicha O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasining Media markazida tasvirga olinmoqda. Hozirgi kunga kelib 100 ta videoma’ruza tasvirga olingan.

Talabalar videodarslarni o‘zlariga qulay vaqtda ko‘rish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Videoma’ruzalar muntazam ravishda UZREPORT TV telekanalida dushanbadan-jumagacha namoyish etilmoqda. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun MOODLE masofaviy ta’lim (moodle.tiiame.uz) tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Telegramm messendjerida institut barcha guruhlariga gruppalar ochilib fan o‘qituvchilari biriktirilgan hamda fanlar mavzulari bo‘yicha prezentatsiyalar, ma’ruza matnlari va turli amaliy topshiriqlar joylashtirilmoqda.

Institut qoshidagi «Inter-Xaus» akademik litseyi o‘qituvchilari tomonidan litsey o‘quvchilari uchun fanlar bo‘yicha UZREPORT TV telekanali orqali onlayn darslar yo‘lga qo‘yildi. Onlayn darslar haftaning dushanbadan-jumagacha bo‘lgan kunlari soat 10-30 dan berib borilmoqda. 

R.Jumaniyozov,
Institut matbuot xizmati rahbari

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring