Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikaga viza olish yanada murakkablashishi mumkin

Amerikaga viza olish yanada murakkablashishi mumkin

Foto: «espanarusa.com»

AQSh Davlat departamenti Amerika vizasini olish uchun ariza topshirganlardan ularning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini, elektron manzil va telefon raqamlarini talab qilmoqchi, deb xabar berdi «NV.ua».

«Davlat departamenti AQSh vizasiga da’vogar barcha nomzodlardan ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifalari nomlarini, amaldagi elektron mazillarini va telefon raqamlarini talab qilish niyatida. Bu orqali Tramp ma’muriyati mamlakatga keladigan potensial migrantlar va mehmonlar sonini kamaytirishni istamoqda», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yangi qoidalar Amerika vizasini olmoqchi bo‘lgan salkam 15 million xorijlikka ta’sir ko‘rsatadi. Taxminlar bo‘yicha, ijtimoiy tarmoqdagi sahifaning so‘ralishi immigratsion vizani olish uchun ariza topshirgan 710 ming xorijlikka va har yili mehmon sifatida AQShga boradigan 14 million fuqaroga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Agarda mazkur o‘zgaritish qabul qilinsa, vizaga nomzodlar o‘zining so‘nggi besh yil ichida ijtimoiy tarmoqdagi barcha niklarini taqdim etishi kerak bo‘ladi. Arizachidan telefon raqamlari, elektron manzillari va so‘nggi besh yilda uyushtirgan safarlari va deportatsiya borasidagi postlari tekshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring