Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi HUAWEI Pura 70 seriyasi o‘z xususiyatlari bilan hayratda qoldirishda davom etmoqda

Yangi HUAWEI Pura 70 seriyasi o‘z xususiyatlari bilan hayratda qoldirishda davom etmoqda

HUAWEI Pura 70 smartfonlari yangi seriyasining chiqarilishi kompaniyaning dunyodagi eng yirik mobil bozori - Xitoydagi yetakchiligini mustahkamladi. 2024 yil boshiga kelib kompaniya sotilgan smartfonlar hajmi bo‘yicha Xitoyda birinchi o‘rinni egalladi va Pura 70 seriyasining muvaffaqiyatli sotuvga chiqarilishiga ko‘ra bu mavqeni hech kimga bermoqchi emas.

HUAWEI Pura smartfonlari — bu Huawei P, brendning premial smartfonlari sanaladi. Aniqrog‘i, P60 seriyasining. MDHdagi eng yirik elektronika riteylerlaridan birining hisobotiga ko‘ra, Pura 70 seriyasiga bo‘lgan talab savdolarning dastlabki oylarida P60 ga qaraganda taxminan uchdan bir qismga oshdi.

Uchta smartfon: HUAWEI Pura 70 , HUAWEI Pura 70 Pro va top Pura 70 Ultra’ni o‘z ichiga olgan yangi tizimda foydalanuvchilarga nimalar yoqdi?

Eslatib o‘tamiz, Pura seriyasi 2024 yilda P seriyasi o‘rnini egalladi. P nomi inglizcha Photo so‘zidan kelib chiqqan va oldimizda chinakam kamerafon turganini ko‘rsatdi. Biroq, qator rivojlanish orqali kompaniya flagmanlari kamerafonlar darajasidan oshib ketdi, shuning uchun seriya nomini o‘zgartirish mantiqqa to‘g‘ri keladi.

Dizayn va texnologiyalar aralashmasi — bu, Huawei rahbariyati tomonidan 2023 yilda e’lon qilingan yangi «Trendlardan oldinda» konsepsiyasining mohiyati hisoblanadi.

Dizaynga kelsak, u Pura 70 seriyasidagi barcha smartfonlarda yorqin bo‘lib chiqdi. Huawei flagmanlari uchun an’anaviy ravishda apparatlarning top darajadaligi va foto/video imkoniyatlari sanaladi. Yuqori tezlikdagi harakatda tasvirga olish, 35 marta kattalashtirilgan innovatsion telefoto ob’yektiv, va albatta, dyuymli sensor va eng keng jismoniy diafragma — f/1.6 bilan Pura 70 Ultra kamerasining oldinga suriladigan ob’yektivi.

Undan tashqari, XD Motion Engine texnologiyasi sharofati bilan — ob’yektivning yuqori yorug‘lik kuchi va juda tez tortishish kombinatsiyasi tufayli kamera 300 km/soat tezlikda harakatlanayotgan ob’yektlarni suratga olishga qodir.

Ekranni shikastlanishdan himoya qiladigan o‘ta mustahkam Kunlun Glass oynasini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Pura 70 smartfonlaridan birortasini kalitlar yoniga solib qo‘ysangiz ham ekranni shikastlamaysiz.

Seriyadagi smartfonlarga shuningdek, «Yandex Alisa» virtual yordamchisi ham o‘rnatilgan.

AppGallery

Biroq, smartfon — bu faqat sifatli «temir» emas. 2011 yildan beri Huawei o‘z ekotizimini izchil rivojlantirib kelmoqda, uning yuragi AppGallery ilovalari do‘konidir. Bugungi kunda u dunyodagi eng yaxshi 3 ta ilova do‘koni qatoriga kiradi va barcha Huawei mobil qurilmalariga o‘rnatilgan. Shu bilan birga, u har qanday Android qurilmasiga o‘rnatilishi mumkin.

Huawei Experience Store

HUAWEI Pura 70 seriyasining barcha funksiyalari va afzalliklari bilan kompaniyaning Toshkent shahridagi Afrosiyob 28/14 manzilida joylashgan rasmiy Huawei do‘konida tanishishingiz mumkin. Brend shu yilning may oyida Experience Store konsepsiyasi bo‘yicha ochilgan bo‘lib, Huawei smart qurilmalari va mobil xizmatlarining yaxlit tajribasini sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan..

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring