Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Nord N20 — qanday smartfon?

Yangi Nord N20 — qanday smartfon?

Nord N20.

Foto: «GSMArena»

OnePlus kompaniyasi hamyonbop narxdagi Nord N20 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda «The Verge» xabar berdi.

Narxi 282 AQSh dollari ekani aytilayotgan ushbu smartfonning uchlik asosiy kamerasida 64 MP kamera bosh rolni o‘ynaydi, qolaversa, bu telefon 5G tarmoqlariga ulana oladi.

Qurilma hozircha Amerika bozori uchun «eksklyuziv» talqinda chiqarildi. Okeanorti mamlakatida T-Mobile va Metro operatorlari 28-apreldan bu smartfonlarni o‘z mijozlariga taklif etishni boshlaydi.

Nord N20 ning xalqaro relizi ham bo‘ladi albatta, faqat muddati hozircha noma’lum.

Smartfonning yana bir xos xususiyati korpusi yagona — to‘q ko‘k rangda chiqarilganidir. Konfiguratsiyasi ham bir xil — 6 GB operativ, 128 GB ichki xotira.

Nord N20ning 6,43 dyuymli AMOLED-ekrani (1080p) 60 Gs yangilanish tezligiga ega. Protsessori Snapdragon 695 (Qualcommning 600-seriyasi top protsessori), akkumulyatori sig‘imi — 4500 mAs, quvvatlagichi — simli (33 Vt).

OnePlus Nord N20 5G smartfoni Android 11 operatsion tizimida taqdim etiladi. Holbuki, uning asosiy raqiblari (birinchi navbatda Samsung A va M turkumlari hamda joriy yilgi yangi smartfonlar) allaqachon Android 12 ga o‘tib bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring