Yangilangan iPhone SE kelgusi haftada taqdim etiladi — Bloomberg

Apple uzoq kutilgan va yangilangan iPhone SE smartfonini kelgusi haftada taqdim etadi, deb xabar berdi Bloomberg.
iPhone SE oxirgi marta 2022-yilda chiqarilgan va u eskirdi: bu «Home» («Uyga») tugmasi bor yagona iPhone, qolaversa, unda Face ID ham mavjud emas.
Yangilangan smartfon esa ko‘proq iPhone 14 ni eslatadi, unda kompaniyaning sun’iy intellektli dasturiy ta’minoti — Apple Intelligence ishlaydi.
Eski iPhone SE 429 dollardan sotilgan, yangi funksiyalar, yangilangan dizayn hisobiga smartfonning narxi oshirilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas