Yaponiyada piyodalarning smartfondan foydalanishi taqiqlandi

Yaponiyaning Yamato shahrida piyodalarning smartfondan foydalanishlari taqiqlandi.
Endi ko‘chada, hatto istirohat bog‘larida yayov yurganlar smartfondan foydalanishlari mumkin emas. Bu tashabbusni shaharning aksariyat aholisi — qariyb 240 ming kishi ham qo‘llab-quvvatladi. Smartfondan foydalanish taqiqlangani haqida shahar vokzalidagi ovoz kuchaytirgich ogohlantirib turadi. Faqat bir narsa aniqmas — qoidabuzarga qanday chora ko‘riladi?
«NTT Docomo» ma’lumotiga ko‘ra, piyodalar ko‘rish maydonining 95 foizini smartfon ekrani band etadi. Yamatolik ayrim fuqarolar ushbu vaziyatda aynan taqiqlov foyda berishiga ishonishmayapti. Ular buning o‘rniga, masalan, odamlarga ogoh bo‘lish haqida maslahatlar berib muammoning yechimini topish mumkin deyishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter