Yaponiyada tovuq «tili» tarjimoni yaratildi
Yaponiyalik olimlar sun’iy intellekt asosida tovuq «tili» tarjimonini yaratdilar. Bu haqda REN TV Business Insiderga tayanib xabar bermoqda.
Professor Adrian Devid Cheok «Chuqur hissiy tahlil», deb nomlangan maxsus texnologiyadan foydalangan. Bu qushlarning his-tuyg‘ularini aniqlash imkonini beradi.
Olimlar 80 ta tovuq va xo‘rozni sinovdan o‘tkazdilar. Endi qushlarning «tili» bo‘yicha, ular ma’lum bir vaqtning o‘zida zavq, stress, qoniqish, ochlik yoki, ehtimol, biror narsadan qo‘rqishadimi yoki yo‘qligini aniqlash mumkin.
«Agar hayvonlarning his-tuyg‘ularini tushuna olsak, ular uchun yaxshi yashash sharoitlarini yarata olamiz», deb professor Cheok so‘zlarini keltiradi Business Insider.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, tovuqning zotiga qarab, uning «tili» ham o‘zgarishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter