Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponlar o‘zi tiklanuvchi akkumulyator yaratishdi

Yaponlar o‘zi tiklanuvchi akkumulyator yaratishdi

Foto: «EurekAlert»

Yaponiyalik olimlar o‘zini o‘zi tiklovchi akkumulyatorlar texnologiyasi ishlab chiqishdi. Bu haqda «EurekAlert» yozmoqda.

Hozirgi qurilmalar litiy-ionli yoki natriy-ionli akkumulyatorlarda ishlaydi. Ammo qayta-qayta quvvatlanaverganidan so‘ng vaqt o‘tishi bilan har ikki turdagi akkumulyator ham dastlabki sig‘imini yo‘qotadi. Bunga sabab shuki, akkumulyatorning ichki qatlamlari yemirila boshlashi oqibatida yoriqlar paydo bo‘ladi va oqibatda batareya quvvat oluvchanligi pasayib ketadi.

Va foydalanuvchi yangi akkumlyator sotib olishga majbur bo‘ladi.

Yapon texnologiyasi esa maxsus tiklanuvchi material yordamida batareyaning umrini uzaytirib beradi.

Bu akkumulyator qatlamlari kulon tortishishi bilan ushlab turiladi, ya’ni u odatiy akumulyatorlarda qo‘llanilayotgan Van-der-Vaals kuchlaridan baquvvatroq.

Yaponlar yaratgan material tiklana oladi, smartfonlar va avtomobillar akkumuyatorlari uchun birdek tatbiq etishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring