Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yashil» energetika birinchi marta ko‘mirni ortda qoldirdi — AQSh

«Yashil» energetika birinchi marta ko‘mirni ortda qoldirdi — AQSh

Foto: Ferra

AQSh tarixida birinchi marta shamol va quyosh kabi tiklanuvchi energiya manbalaridan ko‘mirga qaraganda ko‘proq elektr olindi.

Ember tahlil markazi yozishicha, 2024-yilda AQSh energetika sohasida ko‘mirning ulushi keskin pasayib, 15 foizni, shamol va quyosh energiyasining umumiy ulushi esa 17 foizni tashkil etdi.

Quyosh energiyasi AQSh energetikasining eng tez o‘sayotgan manbasiga aylanib, yangi o‘rnatilgan jami quvvatlarning 81 foizi unga to‘g‘ri keldi. 2024-yilda quyoshdan olingan energiya hajmi rekord darajada oshdi — 31 GVt.

O‘tgan yili mamlakatda quyosh panellarini ishlab chiqarish 190 foizga oshdi, e’tiborli tomoni, bu soha yetakchiligi an’anaviy neft-gaz markazi — Texas shtatiga to‘g‘ri keldi.

Shamol enegetikasi garchi o‘sish sur’atlari bo‘yicha quyoshdan ortda qolayotgan bo‘lsa-da, 2024-yilda tiklanuvchi energiyaning eng ko‘p qismini yoki mamlakat energiyasining 10 foizga yaqinini ta’minladi.

Shu tariqa quyosh va shamol tandemi ko‘mirni ortda qoldirdi, holbuki, 2018-yilda ko‘mir bu «yashil juftlik»ka nisbatan uch baravar ko‘p energiya bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring