Yillik daromadi 1 mlrd dollardan yuqori bo‘lgan kompaniya O‘zbekistonda autsorsing imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi
«Wirecard AG» bosh ijrochi direktori Yan Marsalek O‘zbekistonda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish autsorsing imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Yillik daromadi 1 mlrd dollardan yuqori bo‘lgan dunyodagi eng ilg‘or dasturiy ta’minot kompaniyaning a’zosi bo‘lgan avstriyalik ishbilarmon yaqinda Toshkentga amalga oshirgan tashrifi davomida bu haqda ma’lum qildi.
Tashrif davomida Yan Marsalek Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaziy bank va «Aloqabank» vakillari bilan uchrashdi.
Tashrif dasturining yakuniy qismida Inha universiteti va Mirzo Ulug‘bek innovatsiya markaziga tashriflar amalga oshirildi. MUIC faoliyati bilan tanishish, o‘ta muhim huquqiy tartib va davlat tomonidan IT-kompaniyalarga taqdim etilayotgan imtiyozlar ishbilarmonni «Wirecard AG» uchun O‘zbekistonda dasturiy ta’minotni ishlab chiqishni autsorsing qilish imkoniyati haqida o‘ylashga majbur qildi.
Joriy yilning ikkinchi choragida poytaxtga kompaniya vakillari mahalliy IT-bozorni o‘rganish, Mirzo Ulug‘bek innovatsiya markazi rezidentlari orasidan bo‘lg‘usi xodimlarni va salohiyatli hamkorlarni aniqlash uchun tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
«Wirecard AG» – barcha savdo kanallari orqali elektron to‘lovlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan texnologik guruh. Global platforma firibgarlikning oldini olish bo‘yicha xalqaro to‘lov shartnomalari va usullarini qo‘shimcha yechimlar bilan birlashtiradi.
Kompaniyaning bosh idorasi Myunxen shahrida (Germaniya) joylashgan.
Daromad: 1 028 milliard dollar.
Kompaniyaning kapitalizatsiyasi: 12 milliard dollar.
Mijozlari soni: 25 000.
Xodimlari soni: 3 766 (2016-yil holatiga).
«Wirecard AG» Frankfurtda qimmatli qog‘ozlar fond birjasida ro‘yxatga olingan.
Yan Marsalyek – «Wirecard AG» bosh ijrochi direktori, 2010-yildan buyon kompaniyaning boshqaruv kengashi a’zosi hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter