Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar yaratgan 50 ta eng yaxshi dastur Raqamlashtirish jamg‘armalari hisobidan sotib olinadi

Yoshlar yaratgan 50 ta eng yaxshi dastur Raqamlashtirish jamg‘armalari hisobidan sotib olinadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarni ITga o‘qitish, ularga ishlashi uchun sharoit va mahsuloti uchun bozor yaratish zarurligini ta’kidladi.

Bu borada 1-apreldan «Elektron hukumat», «Biznes uchun dastur», ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan respublika tanlovi boshlanadi. Hokimlarga bunday tanlovlarni viloyat va tumanlarda ko‘proq o‘tkazish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bilan birga, hududlarda yoshlar yaratgan 50 ta eng yaxshi dastur Raqamlashtirish jamg‘armalari hisobidan sotib olinadi.

1-apreldan boshlab IT ta’lim markazlari va ularning bitiruvchilari uchun yangi sharoitlar yaratiladi. Jumladan:

- o‘z bitiruvchilarini IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashtirsa, markazlarga har bir mutaxassis uchun 25 million so‘mgacha, nogironligi bo‘lgan yoshlarga esa 35 million so‘mgacha subsidiya beriladi;

- IT sertifikati bor yoshlarga kompyuter xaridi uchun 7,5 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit hamda Mahallabay ishlash va Yoshlar agentliklari, Bandlik jamg‘armasi tomonidan berilayotgan subsidiya ularning shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring