Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«YouTube» oflayn talqinni ishga tushirdi

«YouTube» oflayn talqinni ishga tushirdi

«YouTube Go» dasturi.

Foto: «iTechua»

«Google» kompaniyasi «YouTube Go» videoxostingining butun dunyodagi foydalanuvchilari uchun oflayn talqinini yaratdi. Mazkur Android-dastur roliklarni internetga ulanmasdan turib ko‘rish va bo‘lishish imkonini beradi, deb xabar qildi «Mobinfo.uz».

Joriy haftadan boshlab «Youtube»ning «yengillashtirilgan» talqinidan dunyoning 130 mamlakati aholisi foydalanishi mumkin. U roliklarni flesh xotira yoki telefon xotirasiga saqlab olish hamda uni oflayn tarzda ko‘rish imkonini beradi. Bundan tashqari yangi dastur yordamida yuklab olingan kontentni «Bluetooth» orqali boshqa qurilmalarga o‘tkazsa bo‘ladi.

Dasturning sig‘imi 9,4 megabaytni tashkil etadi. Shuningdek, uni «Jelly Bean» talqini (Android 4.1) yordamida eski qurilmalarga ham o‘rnatish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring