YouTube rahbari iste’foga chiqdi
Google kompaniyasiga qarashli YouTube videoxostingining bosh direktori Syuzan Voyjitski iste’foga chiqishini e’lon qildi. U 2014-yildan beri loyihaga rahbarlik qilayotgandi.
Voyjitski — Googlening ilk xodimlaridan. 2006-yilda aynan u kompaniya asoschilari Larri Peyj va Sergey Bringa ommalashib borayotgan YouTube videoxostingini sotib olishni taklif qilgan.
Iste’foga chiqayotgan Voyjitski xodimlariga maktubida yozishicha, oilasi, salomatligi va shaxsiy loyihalariga e’tiborni kuchaytirish uchun ushbu qarorga kelgan. Uning o‘rnida kim qolishi ma’lum, bu — YouTube mahsulotlari bo‘yicha direktor Nil Mohan.
Rahbarlikni topshirgan Voyjitski butunlay ketmaydi, Google (Alphabet) maslahatchisi sifatida ko‘rinish berib turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter