«YouTube»da uyatsiz videolarni berkitib qo‘yishni bilasizmi?
«YouTube»da sifatsiz va keraksiz videolarni berkitib qo‘yishning oddiy usuli haqida «Layfxaker» quyidagi maslahatlarni beradi.
Odatda «YouTube»da biror videoni tomosha qilayotganingizda lentangiz sifatsiz videolarga to‘lib ketadi. Bu hali eng qo‘rqinchlisi emas.
Asosiy mummo, pleylistdagi «Keyingisi» funksiyasida bo‘lib, u tomosha qilinayotgan rolikning o‘ng tomonidan turadi. U o‘ziga ma’qul videolarni pala-partish sizga tavsiya eta boshlaydi. Ularning orasida uyatsizlari ham duch kelishi aniq.
Bu kabi holatlar ayniqsa, hamma videoni ketma-ket ko‘raveradigan bolalar uchun zararli bo‘lishi mumkin.
Buning oldini olish uchun «Chrome» brauzeriga «Distraction Free YouTube» dasturini o‘rnatish lozim.
Uning yordamida tavsiya etiladigan videolarni o‘chirib qo‘yish, izohlarni berkitish yoki butun lentani yashirib qo‘ygan holda faqatgina qidiruvni qoldirish mumkin.
«Magic Actions for YouTube» nomli yana bir dastur ham yuqoridagiga o‘xshash, biroq keng sozlamalarga ega. Keraksiz elementlarni berkitib qo‘yish uchun «Hide page elements» ilovasini ochish kerak. Bunda tasvirning sifati kabi funksiyalarga e’tibor berish lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter