Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

13-sentyabr kuni eng boy amerikaliklar 93 mlrd dollar zarar ko‘rishdi

13-sentyabr kuni eng boy amerikaliklar 93 mlrd dollar zarar ko‘rishdi

Kecha, 13-sentyabr kuni amerikalik milliarderlar 93 mlrd dollar zarar ko‘rishdi. Inflyasiya sekinlashgani haqidagi yangiliklardan so‘ng AQSh fond bozorining qulashi bunga sabab bo‘ldi, deb yozdi Bloomberg.

Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi, bir kunda $9,8 mlrd yo‘qotganidan so‘ng, $150 mlrd, deya baholanmoqda.

Tesla rahbari Ilon Mask esa 13 sentyabrdan 8,4 mlrd kamomad bilan chiqdi, endigi boyligi — $256 mlrd.

Meta Platforms asoschisi Mark Sukerberg va Google hamasoschisi Larri Peyj kecha $5,6 va $5,2 milliarddan yo‘qotdi: ularning boyligi endilikda, tegishli ravishda — $57,2 milliard va $96 milliardga teng.

Berkshire Hathaway raisi Uorren Baffet — $3,4 mlrd, Microsoft asoschisi Bill Geyts — $2,8 mlrd zarar ko‘rdi.

Dunyodagi eng yirik Binance kriptovalyutalar birjasi asosichisi Chanpen Chjao $3,9 mlrd yo‘qotdi.

Jami hisoblaganda, jahondagi eng boy 500 kishi yil boshidan buyon $1,2 trln zarar ko‘rgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring