16 yoshli migrant 16-qavat balkonidan tushib ketib halok bo‘ldi
Murino shahri (Rossiya, Leningrad viloyati)dagi qurilishda baxtsiz hodisa yuz berdi. Tojikistonlik 16 yoshli ishchi 16-qavat balkonidan pastga tushib ketib halok bo‘ldi.
Hodisa haqida qurilish prorabi xabar bergan. Qurilish maydonida kuzatuv kameralari bo‘lmagan.
Voyaga yetmagan migrant Sankt-Peterburg yoki Leningrad viloyatida ro‘yxatdan o‘tmagan, aytilishicha, mehmonga kelgan bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochish masalasi ko‘rib chiqilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter