Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

19 yoshli bloger qiz Italiya qirolichasiga aylanishi mumkin

19 yoshli bloger qiz Italiya qirolichasiga aylanishi mumkin

Londonda yashovchi 19 yoshli talaba va bloger Vittoriya di Savoyya otasi taxtdan voz kechganidan keyin Italiyaning navbatdagi qirolichasiga aylanishi mumkin.

Italiyaning so‘nggi qirolining nabirasi, 50 yoshli shahzoda Emmanuil Filibert Savoyskiy taxtga da’vogarlik qilishdan bosh tortdi va bu vazifani qizi o‘zidan ko‘ra yaxshiroq uddalashini aytdi, deb yozadi Telegraph.

Siyosat va san’at tarixi fakulteti talabasi Vittoriya di Savoyya Instagram’da 80 000 ga yaqin obunachiga ega va yaqinda Fransiyadagi Vanity Fair jurnalining muqovasida surati chop etilgan.

U Parijning École Diagonale xususiy maktabida o‘qigan, san’at va moda bilan qiziqadi.

Ma’lumot uchun, 1946 yilda referendumda bekor qilinganidan beri mamlakatda monarxiya mavjud emasligini hisobga olsak, Vittoriya Italiyaning kelajagida qanday rol o‘ynashi hozircha noma’lum. Bundan tashqari, monarxiyaning qaytishi g‘oyasini ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlamaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring