20 ga yaqin mamlakatga ocharchilik xavf solmoqda
Arab dunyosidagi 40 milliondan ortiq insonga oziq-ovqat yetishmovchiligi xavf solmoqda, dedi Xalqaro valyuta jamg‘armasining boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni)da tashkil etilgan konferensiyada.
Reuters yozishicha, dunyodagi 48 mamlakat oziq-ovqat inqirozi xavfi yoqasida.
«48 mamlakatdan 10–20 tasi (shoshilinch yordam so‘rab) murojaat qilishi ehtimoli bor», — dedi XVJ rahbari. Qo‘shimcha qilinishicha, bular asosan Afrika mamlakatlari.
Iqtisodiy inqiroz sababli butun dunyoda oziq-ovqat narxi keskin oshib ketgan.
Jahon banki prezidenti Devid Malpass bayonotiga ko‘ra, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashishda davom etmoqda. Masalan, Tunis va Livanda yetkazib beruvchilar yuqori narxlagani bois guruch, shakar va o‘simlik yog‘i deyarli sotilmayapti. 2022-yilda dunyo mamlakatlarida kuzatilgan noqulay ob-havo (qurg‘oqchilik, toshqinlar) ham oziq-ovqat taqchilligiga olib keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter