Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

37 yil oldin g‘oyib bo‘lgan alpinistning qoldiqlari topildi

37 yil oldin g‘oyib bo‘lgan alpinistning qoldiqlari topildi

Alp tog‘larida 1986 yilda bedarak yo‘qolgan germaniyalik alpinistning qoldiqlari topildi.

Politsiya nomi oshkor etilmagan nemis alpinistini 1986 yilda sayohatdan qaytmaganidan keyin qidira boshlagan. O‘shanda alpinist 38 yoshda edi, biroq qidiruv muvaffaqiyatsiz tugagan va yillar davomida uning qayerdaligi sirligicha qolib ketgan.

O‘tgan oyda hammasi o‘zgardi. 12 iyul kuni Shveysariyadagi cho‘qqiga chiqqan alpinistlar odam qoldiqlari va bir nechta jihozlarga duch kelishdi.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, qoldiqlar Teodul muzligida topilgan va sud-tibbiy ekspertizasi uchun Vale kasalxonasiga olib ketilgan. DNK tahlili 1986 yilda bedarak yo‘qolgan alpinistning shaxsini aniqladi.

Politsiya tog‘dagi muz orasidan qizil bog‘ichlari chiqib turgan bitta sayyohlik etigining suratini e’lon qildi.

Alp muzliklarining erishi bir necha o‘n yillar oldin bedarak yo‘qolgan alpinistlarni topishga imkon bermoqda. 2017 yilda 1942 yili Shveysariyadagi cho‘qqiga ko‘tarilish vaqtida g‘oyib bo‘lgan ikki alpinistning jasadi topilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring