Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

500 yildan so‘ng hammaning familiyasi bir xil bo‘lib qolishi mumkin — Yaponiya

500 yildan so‘ng hammaning familiyasi bir xil bo‘lib qolishi mumkin — Yaponiya

Foto: Fokus

Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra, nikohdan o‘tayotgan oila o‘ziga bitta familiyani tanlashi kerak. Bir tendensiya kuzatuvchilarning e’tiborini tortdi: 96 foiz yoshlar oila qurishda bir xil familiyani rasmiylashtirishyapti — shu ketishda, 500 yildan so‘ng, bu ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin, deb yozmoqda IFLScience.

Agar zudlik bilan qonun o‘zgartirilmasa, 2531 yilga borib Yaponiyaning barcha fuqarolari bir xil familiyali — Sato bo‘lib qoladi, demoqda Toxoku universiteti qoshidagi Iqtisodiyot va jamiyat qarishini tadqiq qilish instituti professori Hiroshi Yoshida.

2023-yilgi tadqiqotlar Sato — Yaponiyada eng ko‘p tarqagan familiya ekani va tobora ommalashib borayotganini ko‘rsatdi. Professor Yoshidaning aytishicha, umumiy ehtimollik nuqta nazaridan, odamlar Sato familiyalilar bilan turmush quraversa, ko‘plab holatlar yuzga kelishi mumkin. Agar bu jarayon uzoq vaqt davom etsa, qaysidir pallaga borib, Sato boshqa familiyalarni yutib yuborishi mumkin.

Yoshidaning fikricha, holat boshi berk ko‘chaga kirib bo‘lgan: agar Yaponiya hoziroq kerakli qonuni qabul qilib, alohida familiyalarga ruxsat etgan taqdirda ham, vaziyatni o‘zgartirish amrimahol. Gap shundaki, 2022-yilgi so‘rovnoma mamlakatning 39,3 foiz aholisi, yangi qonun qabul qilinsa ham, Sato familiyasini tanlashini ko‘rsatdi. Hatto eng optimal ssenariyda ham yakunda barchaning familiyasi bir xil (Sato) bo‘lib qoladi, faqat 3310 yilga borib.

Ayni paytda Kunchiqar yurt demografik muammoni boshdan o‘tkazmoqda, shu bois professor yapon xalqi hammaning familiyasi bir xillashadigan o‘sha davrgacha yetib boradimi-yo‘qmi, degan savolni ham o‘rtaga tashlamoqda. Taxmin qilinishicha, agar tug‘ilish darajasi hozirgi taxlitda saqlanib qolsa, Yaponiya aholisi 2120-yilga borib 41 229 000 kishi, 2531-yilda atigi 281 866 kishi, 3310-yilda esa bor-yo‘g‘i 22 kishi bo‘lib qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring