66 yoshli ayol 20 yil bir xil taom yedi
![66 yoshli ayol 20 yil bir xil taom yedi](http://static.xabar.uz/crop/1/2/720_460_95_1264576225.jpg)
Britaniyalik nafaqadagi ayol 20 yildan beri bir xil taom iste’mol qiladi va buni xushbichim qomatining asosiy siri deb biladi. Bu haqda «Daily Mirror» nashri yozmoqda.
66 yoshli Jeyn Vinteringemning aytishicha, u an’anaviy ingliz taomi — sabzavotli kartoshkani bolaligidan xush ko‘rgan. Farzandlari ulg‘ayib, mustaqil yashay boshlagach, u har kuni shu taomni pishirishni boshlaydi.
Oxirgi 20 yil davomida Jeyn faqatgina bryussel karami va sabzi bilan qovurilgan kartoshkani iste’mol qilib kelgan. U o‘z an’anasini faqat bir marta buzgan: 2020 yilning 25 dekabrida qizi unga meksika taomlarini pishirib bergan.
Jeyn Vinteringem faqat bir xil taomni tanavvul qilsa-da, bu umuman uning ba’diga urmaganini va uni boshqa taomlarga almashmasligini aytadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter