Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

7 marta koronavirusga qarshi emlangan odamda qanday alomatlar kuzatildi?

7 marta koronavirusga qarshi emlangan odamda qanday alomatlar kuzatildi?

Foto: «Tiu.ru»

Kolumbiya g‘arbidagi Kali shahrida bir kishi koronavirusga qarshi yetti marta emlandi. Bu haqda Noticias Caracol telekanali xabar bermoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Kolumbiya fuqarosi turli vaksinatsiya markazlarida emlangan, shuning uchun uni darhol topish imkoni bo‘lmadi.

Shahar sog‘liqni saqlash vaziri Miyerlandi Torresning so‘zlariga ko‘ra, erkak 60 yoshdan oshgan bo‘lib, ruhiy kasalliklardan qiynaladi. Kolumbiyalik kishi Sinovac, AstraZeneca, Pfizer va Janssen kompaniyalarning turli dori vositalari bilan emlangan. Buni qarangki, unda hech qanday noxush alomatlar qayd etilmagan.

«Bu voqea emlangan odamlar haqida real vaqtda ma’lumotlarni olishda axborot tizimlari zaifligining yaqqol namunasidir. Shubhasiz, bunday holat bu kabi hodisalarni darhol aniqlashni qiyinlashtiradi», — deya xulosa qildi Torres.

Bunday holatlarning oldini olish uchun Kali ma’muriyati vaksinatsiyadan oldin barcha fuqarolar imzo qo‘yishi majburiy hisoblangan emlashga bo‘lgan maxsus rozilik blankasini ishlab chiqdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring