Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abxaziya prezidenti qochib ketdi — uni hamma qidiryapti

Abxaziya prezidenti qochib ketdi — uni hamma qidiryapti

Foto: «Sova.news»

Raul Xajimba bir soat oldin yo‘qolib qoldi, deyiladi «Argumenti.ru» bugun, 9-yanvar soat 16:27 (Toshkent vaqti bilan soat 18:27)da bergan xabarda. Nashr voqealar bilan yaqin tanish manbasiga asoslanib ushbu xabarni tarqatdi.

Raul Xajimba. Foto: «EADaily»
Foto: «RIA Novosti»

Suxumida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tyapti. Namoyishchilar Abxaziya hukumati binosini qurshab olishgan, ayrimlari ichkarigacha kirgan. Ular Abxaziya rahbari Raul Xajimba iste’fogacha chiqarilishini so‘rashmoqda.

«Argumenti.ru» muxbiri bu da’vatlar befoydaligiga shama qildi: Raul Xajimba qochib ketishga ulgurdi.

Xabarlarga ko‘ra, Xajimbani hamma qidiryapti, ayrim taxminlarga ko‘ra u chegara tomonga ketgan, faqat qaysi chegaraga — noma’lum. Katta ehtimol bilan bu Rossiya bo‘lishi mumkin.

Xajimba atrofiga jinoyatchilarni to‘plab olib, o‘zini shohlardek tutishi xalqni quyushqonidan chiqargani aytilmoqda. Endi esa qo‘rqoqning ishini qildi. Chunki maydonga jang ko‘rgan halol harbiylar ham chiqishgan. Abxaziyaning bugungi ahvoli ularning ham joniga tekkandi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring